Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 2
ko'raman...
Qorayib yo'qolar shafaqning yuzi,
Tuning quchog'ida be'dor yuraman.
Bir qiz bor-dunyoning eng yomon qizi,
Men shu yomon qizni yaxshi ko'raman.
Yoniga boraman kuyib boraman,
Dunyoni chekkaga surib boraman.
Yomonligin bilib turib boraman,
Men shu yomon qizni yaxshi ko'raman.
Kuyga soldim go'zal yuzini,
Jamolini yaxshi ko'raman.
Ko'rgim kelar moviy ko'zini,
Men shu yomon qizni yaxshi ko'raman.
O'zi ham qarshimda qotadi har kun,
Mendan kechib, menga qaytadi har kun.
Hatto yomonligin aytadi har kun,
Men shu yomon qizni yaxshi ko'raman.
Ertaga biz ayri ketamiz deydi,
So'ng erta bo'lmasa netamiz deydi.
Bugunning tugashin kutamiz deydi,
Men shu yomon qizni yaxshi ko'raman.
Ovoza qilay deb baxshilar bilsin,
Tish tirnog'i bilan qarshilar bilsin.
Menga nima, xamma yaxshilar bilsin,
Men shu yomon qizni yaxshi ko'raman..!