Yodingizni... Diiydoringizni...
Bolam kabi quchib yig’lasam
Menga bergan Ozoringizni...
Kaftingizda ochilsam Gulday.
Tuningizning MOXI bo’lsam,MEN..
Hech kimsaga bildirmay chekkan.
Ko’ksingizning OXI... bo’lsam MEN...
Nigohingiz panohlarida
Oydindagi maysadek o’ssam.
Nafasingiz TITROQLARIDAN
Oqib ketsa MIING yillik g’ussam..
Arsh ustida o’qilsa nomim..
Darvozasin ochsa Falaklar.
Ko’kdan tushsa g’oyib in'omi,
Nikohimiz qiysa Malaklar…
Sevaversam sizni bilmasdan,
Sevilsamu O'ZIM BILMASAM...
Bag’ringizda bo'liib qolsamu
Bag’ringizdan qaytib ketmasam…
Shunday sevsam...
shunday yashasam...
Dilga yetsa OZORlaringiz.
Ketay desam ikki Dunyoda
Qo’yvormasa QUCHOQLARINGIZ...💕
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 2