Предыдущая публикация
Ko'zdagi yoshimni berkitmoqchimi.
Yodga soldi dardim o'zi bilmasdan.
Yokida qaytadan sevdirmoqchimi.
Atirgul labidan tomib keldingmi.
Kel, kelaqol endi bag'rimga bosay.
Ko'ksimni tilishgan buni sezdingmi.
Erkala ko'ksimni bir oz ovunay.
Shivirlab yog'asan quloqlarimga.
Nimadur demoqchi bo'ldingmi balki.
Malham bo'lgin yomg'ir firoqlarimga.
Sen bilan birozga ovunay toki.
To'xtagin. Shoshmay tur iltimos bulut.
Dardlarim yomg'irga aytib ovunay.
Yolvorib so'rayman biroz kutib tur.
Bir telba insondek kelgin quvonay...
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 2