Dastlabki chempion Barcelona! № 1.
Ispaniya chempionati o’tgan asrning yigirmanchi yillari oxirida o’tkazila boshlangan. Birinchi chempionatda 10 ta klub qatnashgan, jami 90 ta o’yin o’tkazilgan va 383 marotaba darvozalar nishonga olingan. O’sha vaqtlar g’alaba qozongan jamoaga 2 ochko berilgan, agarda uchrashuv durrang bilan yakunlansa hozirgidek har ikki jamoaga 1 ochkodan berilgan. Birinchi chempion jamoa Kataloniyaning Barcelona klubi xisoblanadi. Klub 18 uchrashuvning 11 tasida g’alaba qozongan 3 o’yinda raqiblari bilan murosa ko’chasini tanlagan bo’lsa qolgan 4 uchrashuvda raqiblariga imkoniyatni boy bergan klub 25 ochko to’plagan va shu ochko chempionlikni ta’minlagan. 2-o’rinni Barcelonadan bor-yo’g’i 2 ochko kam jamlagan Madridning Real klubi egallagan. Madridliklar daslabki chempionatda 11 g’alaba 1 durrang va 6 marotaba mag’lubiyatga uchragan. Bronza medallari esa Bilbaoning Atletik klubiga nasib etgan. Club 20 ochko to’plagan. Chempionat to’purarliga Real Sociedad xujumchisi P. Biezobasga nasib etgan u raqiblar darvozasiga 17 ta gol kiritgan. Chempionatni hech qaysi klub tark etmagan. Yana bir e’tiborga molik voqea dastlabki “El-Classiko”da Real Madrid klubi 2:1 xisobida g’alaba qozongan. Dastlabki klassiko esa Barcelona maydonida o’tkazilgan. Madriddagi uchrashuvda esa Barcelona kichik 1:0 xisobida g’alabani qo’lga kiritgan.
Liga BBVA 1928/1929. № 1
T/R Jamoalr O’ Y D M T-N O 1.FC Barcelona 18 11 3 4 37-23 25
2.Real Madrid CF 18 11 1 6 40-27 23
3.Atletic Club 18 8 4 6 43-33 20
4.Real Sociedad 18 8 4 6 46-41 20
5.Arenas de Guecho 18 8 3 7 32-39 19
6.Atletico Madrid 18 8 2 8 43-41 18
7.RCD Espanyol 18 7 4 7 32-38 18
8.C.D Europa 18 6 4 8 45-49 16
9.Real Union Club 18 5 2 11 40-42 12
10.Real Racing Club 18 3 3 12 25-50 9 qahramon.uz
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев