Bitta jinni boshqa jinniga dedi: "Davay sartaroshni soch oladigan moshinkasini bizamiz!" Ikkinchi jinni: "Qanaqa qilib?" Birinchi jinni: "Sani boshinga mix qoqamiz, moshinkasi mixga tegib biziladi!" Ikkinchi jinni: "Jinnimisan! Mix qoqvotganinda bolg'ani boshimga urvosen nima bo'ladi xD
Talaba imtihonga kelib, bilet oladi. Qarasa, undagi savollarni bilmaydi: –Domla, boshqa bilet olsam maylimi? Talaba ikkinchi biletni ham bilmaydi. Domladan so‘rab, uchinchi biletni oladi. Bu gal ham ahvol o‘sha-o‘sha. To‘rtinchi biletni olishga ijozat so‘raganda, domla uning imtihon daftarchasini oladida, “3” qo‘yib beradi. Buni ko‘rib assistent hayron bo‘ladi va professordan nega shunday qilganini so‘raydi. Domla: –Izlayabdimi, demak nimanidir biladi…