Yigitlarga
Yigitlar köp quvonman
Endi navbat sizlarga
Biz zörmiz deb öylamang
Achchiq qilib bizlarga
Bizlarku tan ololdik
Kechmaymiz axdimizdan
Lavzimizda qololdik
Qaytmaymiz shahtimizdan
Biringiz qöpol deysiz
Ayyor deysiz bizlarni
Aslida esa essiz...
Bilmapsizda qizlarni
Bizlar har gapga uchib
Könglimizni qöymaymiz
Osmonda yulduz quchib
Kun tiğida kuymaymiz
Sözlari chin yigitlar
Özgasiga qayrilmas
Yori yaxshi bölsa gar
Qizlar undan ayrilmas
Sizlar bir boqib köring
Ösha shodon közlarga
Söng esa öylab köring
Osonmikan qizlarga
Yölda terilib olib
Ötganga gap otasiz
Yoki termulib qolib
Darrov laqab topasiz
Özingizcha etasiz
Bizni özingizga zor
Bekorchi yigitlardan
Hattoki Xudo bezor
Unutmang