Shuncha vaqtdan beri sanga xabar yozmadim bilasanmi nega?
Mani unitdi deb uylagin degandim.
Lekin xechqachon sani unitmayman!
Chunki sanga bergan vadalarimni xali tugatganim yuq......
MEN KETYAPMAN
Men ketyapman bugun yo erta
Yuragimni senda qoldirib
Mening uchun xursunma erkam
Ko'zlaringga yoshlar tomdirib
Men ketyapman bugun yo erta
Olislarni ko'zlab ketaman
Qalbdagi ishq dostonlarimni
Majnumlarga so'zlab ketaman
Men ketyapman bugun yo erta
Erta makon tutgan osmonni
Kuzlaringa meni deb yosh to'lsa
Qarg'amagin menday yomonni
Men ketyapman bugun yo erta
Oppoq tonga yetmoqchi bo'ldim
Seni qancha kungildan sevsam
Shunday tashlab ketmoqchi bo'ldim
Men ketyapman erta yo bugun
Osmonimda yelday yelaman
Bir kun seni baxtli qilmoqchi
Men albatta qaytib kelaman..