Allohdan ustinroq sanalsa mansab
Ko‘ngillar zulimga ketganda yumshab
Usoma Ibn Zayd Qo‘shinin qumsab
Asr saodatini qattiq sog‘indim.
Asrlarni otib tezlikla qo‘pib
Haqiyqat ahlini shod bo‘lgum topib
Ibnu Huzofaning boshini o‘pib
Asr saodatini qattiq sog‘indim.
Cho‘loq oyoq bilan Jannatni bosgan
Ibnu jamuhlarni qo‘l yonib yozgan
Qiyomotdan qo‘rqib namozda ozgan
Asr saodatini qattiq sog‘indim
Umarlar sog‘ingan Abu Ubayda
Ayting endi ayting do‘stlarim qayda
Gunohni demagan katta yo mayda
Asr saodatini qattiq sog‘indim .
Bugungi holimni ayladim g‘orat
Yigit boshim bilan yo‘qdir harorat
Hafsaning ko‘zida yongan jasorat
Asr saodatini qattiq sog‘indim .
Bugun fikr yo‘qdir faqqat iqtibos
Tafsirl