Qalbing ostonasi makonim emas
Diling tub tubiga kòchirgin meni
Qaysar kòngil sendan òzgani demas
Kechirib qôyaqol kechirgin meni
Hiyonat deganga begona kòzim
Ishonmasang qasam ichirgin meni
Alamdan bilmasdan aytibman sôzim
Kechirib qôyaqol kechirgin meni
Ôtinib sòrayman gunohimdan ôt
Sòng mayli yurakdan ôchirgin meni
Faqat bir iltimos bitta iltimos
Kechirib qôyaqol kechirgin meni
Banda gunoh qilar ôngu sòlida
Bilmaydi tag'diri emas qòlida
Rahming kelib emas olloh yòlida
Kechirib qòyaqol kechirgin meni