Vafo izlab tokay kezay telba dunyoni.
Qaydan topay kuygan qalbga zarra ziyoni.
Tasir qilmas birovlarning ogit farmoni.
Men baribir. Men baribr sizni sevaman.
Umrim otib borar konglimchi yarim.
Bitta sizdan topar tuzalmas dardim.
Tinglang, dili izxorlarim bisyordir manim.
Men baribir. Men baribir sizni sevaman.
Men bilmayman qalbingizda ne oy ne tuygu.
Balkim shundan yuraginda ortadi qaygu.
Ammo sira oz- ozimni yengolmaymanku.
Men baribir. men baribir sizni sevaman
Umrimda juda ko‘p yolg‘on gapirdim,
Va’dalar ayladim cho‘kka tushib tiz.
Yo‘limga intizor bo‘ldi qancha qiz,
Men esa sevmasdan o‘ttizga kirdim...
Ortga boqishga ham qo‘rqaman endi,
Qayrilsam, shirin jon qiynalaverar.
Tuyg‘ular tug‘ildi, tuyg‘ular so‘ndi,
Men kezgan bog‘lardan bir vido kelar.
Yodimda qolgani bir xira yulduz,
Tunlari ko‘zimga termuladi jim.
Ko‘nglim chamaniga bargin to‘kar kuz,
Men seni izlayman ismsiz sevgim...
Ilk sevgi — eng baland shoxdagi olma,
Men unga intildim, yetmadi qo‘lim.
Senga baxt tilayman, mayli, kim bo‘lma,
Kunlaring xayrli bo‘lsin, sevgilim.