Eslamaysiz kelmasam, Jim
turasiz yig'lasam. Sevib
umid bog'lasam, Sizga sevgim
kamlik qildi. Hayol aytar:
ketolmaysan, Aqlim deydi:
yetolmaysan. Balki sizdek
kutolmasman, Sizga sevgim
kamlik qildi. Muhabbatga sodiq
bo'lib, Mehringizdan zavqqa
to'lib, Bora-bora hayron qolib,
Sevgim sizga kamlik qildi. Men
yurakdan yonib suysam, O'z-
o'zimdan tonib suysam. Hijron
olovida kuysam, Sevgim sizga
kamlik qildi. Sevganimni dunyo
bildi, Alam bugun bag'rim tildi.
Bahtlar tilab o'tdim, sizdan, Biroz
mehr kamlik qildi...