Yo'qchilik jonimni jonsarak qildi,Yuragimga qo'shib bag'rimni tildi.Hafasan judayam o'zim ham bildim, Musofir onangni kechirgin bolam.Chet elda yurishim zo'r havas emas,Bilaman ko'pchilik to'g'ri yo'l demas. Eshitgan ayollaring ichida menmas,Musofir onangni kechirgin bolam.Halol luqma bilan katta qilyapman, Osonmas qiynalib ishlab kelyapman.O'zimdan o'tganin o'zim bilyapman,Musofir onangni kechirgin bolam.Birga yotmaganim mehrim alam,Tarbiyang qolyapdi shuyam bitta g'am.Bemehr demagin faqat shu onam,Musofir onangni kechirgin bolam.Har kuni kutasan bilaman buni,O'zim ham sog'indim bilib qo'y shuni.Bag'rimda edingku hov tunov kuni,Musofir onangni kechirgin bolam.Onalarday ertak ayta olmasam,Va