Nuqsonlarda sarson bölsang ham,
Yuragimda armon bölsang ham,
Kecholmayman sendan baribir,
Sog'inaman yomon bölsang ham!
Seni kimdir qilganda g'iybat,
Gohida rost gohida tuhmat,
Men fikrimda qolgayman albat,
Sog'inaman yomon bölsang ham!
Telba sevgim, oshiq yurak mast,
Мag'rur böyib mayli etay past,
Odamlar der u seni sevmas,
Sog'inaman yomon bölsang ham!
Xatto menga armon bölsang ham!!!
Hayronmanda dunyo ishiga,
Nomusidan kechgan kishiga,
Mardman degan nomard ishiga,
Biz yiglamay kimlar yig'lasin!?
Erkak bo'lib boshin qashlasa,
Ayol ishin qiyib tashlasa,
Xotin topgan pulga yashasa,
Biz yig'lamay kimlar yig'lasin!?
Erkak bo'lib ayoldek yurib,
Nomusini bir chetga surib,
Yurganlarni ko'zimiz ko'rib,
Biz yig'lamay kimlar yig'lasin!?
Borgan sari qisqardi mato,
Qizlar kalta kiymoqda xato,
Ayting menga ey Odam Ato,
Biz yig'lamay kimlar yig'lasin!?