Предыдущая публикация
Nomusidan kechgan kishiga,
Mardman degan nomard ishiga,
Biz yiglamay kimlar yig'lasin!?
Erkak bo'lib boshin qashlasa,
Ayol ishin qiyib tashlasa,
Xotin topgan pulga yashasa,
Biz yig'lamay kimlar yig'lasin!?
Erkak bo'lib ayoldek yurib,
Nomusini bir chetga surib,
Yurganlarni ko'zimiz ko'rib,
Biz yig'lamay kimlar yig'lasin!?
Borgan sari qisqardi mato,
Qizlar kalta kiymoqda xato,
Ayting menga ey Odam Ato,
Biz yig'lamay kimlar yig'lasin!?
Присоединяйтесь к ОК, чтобы посмотреть больше фото, видео и найти новых друзей.
Комментарии 4