Bir yeqildim bir turdim
Bir yugurdim bir yurdim
Qiynalib ketdi jonim
Pewonamga bir urdim
Tawviwlarga tupirdim
Xayot bergan otini
Yerkan odam zotini
Kesib qo'yiwar ekan
Lochinu qanotini
kimga aytsin dodini
Do'st kelib gox yoninga
Werik bo'lib noninga
To'yib bo'lgach ko'z tikar
bittagina joninga
Tawnam ekan qoninga
Sir beriwi g'animga
Sig'dirmadim tanimga
Paslarga pas ketmadim
Kulmasin deb g'amimga
Ow piwirdim g'animga
Kel uloqtir towigni
Tutib turay bowimni
Endi xarsang otsang xam
ko'rmaysan ko'z yowimni
Sinayver bardowimni
Arof dedim xato bo'ldi
Ox dedim qaro bo'ldi
Yuragimda ming chandiq
ingradim navo bo'ldi!