Qadimdagi ajdodimga
Savodsiz eding sen davringda mutlaq,
Na gap-so'zing va na fikring bor edi.
Ammo gunohlardan ko'ngling edi pok -
Buyuk muzlik kabi beg'ubor edi.
Talaffuz qilmasding bironta gapni,
Shu sabab fisq-fasod, g'iybat bo'lmagan.
Yirtqich qiymalagan necha odamni,
Lekin tili sabab kishi o'lmagan.
Chaqmoqdan qo'rqding sen, toshqindan qo'rqding,
Hayiqding kechalar qolsa ziyodan.
Bizning asrimizga tushsang gar ko'rki,
Avlodlaring qo'rqmas hatto Xudodan.
Hech yerda o'qimay mehr haqida,
Ro'zg'orim, oilam deb hayoting o'tdi.
Bizda vafo haqda yozib ba'zida,
Kishilar yor-do'stin boshiga yetdi.
Kashfiyot boshlading yurgan yo'lingda
Ham qo'lga o'rgatding yovvoyi itni.
Bizda-chi ko'ra