Ali ibn Abu Tolib Rasululloh sallallohu alayhi vasallamning amakilari Abu Tolib xonadonida tavallud topdi. Bu paytda Rasulullohning yoshlari o‘ttiz ikkida edi.
Hazrati Alining otasi Abu Tolib Qurayshning ulug‘ va atoqli shaxslaridan bo‘lib, Nabiy sallallohu alayhi vasallamga Quraysh mushriklari aziyat yetkazganda himoya qilgan, Islomni qabul qilmagan bo‘lsada dinga juda katta foydasi tekkan fozil kishi edi.
Abu Tolib jiyani Nabiy alayhissalomni eng qiyin va og‘ir vaqtlarda. ahvollari tang bo‘lib qolganda himoya qilardi. Abu Tolib serfarzand kishi edi. Rasuli Akram payg‘ambarlik yuborilmasdan ilgari amakisi Hamza ibn Abdulmuttolib bilan kelishgan holda uning ismi farzandini o‘z qaramog‘iga ol
Usmon ibn Affon fil voqeasidan yoki Payg‘ambarimiz alayhissalom tug‘ilganlaridan olti yil o‘tib tavallud topdi. Hazrati Usmon boy va o‘ziga to‘q oilada o‘sib-ulg‘aydi. Qabilaning boy kishilari jo‘natgan karvon bilan Shom va Yamanga tijorat uchun safarga chiqdi.
Hazrati Usmonning to‘liq ismi Usmon ibn Affon ibn Abul Os ibn Umayya ibn Abdu Shams ibn Abdumannof Ummaviy Qurashiydir.
U kishi o‘rta bo‘yli, ko‘rkam, chiroyli yuzli, nozik jussali, yuzi qizil va soqoli qalin kishi bo‘lgan.
Usmon johiliyat davrida ham kechirimli, saxiy, aqlli, ma’rifatli va vazmin bo‘lib, hayosi bilan mashhur edi. Kunlardan birida Usmon Ka’ba yonidan o‘tayotganida unga Muhammadning qizi Ruqiya Utba ibn Abu Lahabga nik
Hazrat Umar Quraysh qabilasining Banu Adiy urug‘idan. Johiliyat davrida qabilaning elchilikka mas’ul kishisi bo‘lgan.
Fil yilidan o‘n uch yil o‘tib tug‘ilgan. Nabiyga nubuvvat kelganida yigirma yetti yoshda bo‘lgan va nubuvvatning oltinchi yili Islomni qabul qilgan. Mo‘minlar amiri bo‘lganida ellik ikki yoshda edi. Uning amirlik davri o‘n yilu olti oyu to‘rt kun davom etgan. Oltmish ikki yoshida vafot etgan. Otasi Xattob Quraysh boshliqlaridan, onasi Hamna binti Hoshim edi. Ammasining o‘g‘li Valid ibn Mug‘ira Xolid ibn Validning otasi bo‘lgan.
Bolalari: o‘g‘li Abdulloh ibn Umar Nabiyning fe’llariga eng ko‘p ergashgan sahobalardan. Qizi Hafsa Nabiyning zavjasidir. Umarning Fotima va Osim isml
Bismillahir rohmanir rohiym. Bandalarning qalbini ma’rifat ziyosi ila yoritib O’zini tanitgan Zot - Alloh taologa beadad hamdu sanolar, butun insoniyatga hidoyat yo’lini ko’rsatgan Rasululloh s.a.v.ga, u kishining ahli baytlariga va ashobi kiromlariga ummatga jonli namuna bo’lgan zotlarga salovotu salomlar bo’lsin. Amiyn.
"Siz mening Havz bo’yidagi va g’ordagi birodarimsiz" degan edilar Rasuli akram s.a.v. Abu Bakr Siddiqqa (Termiziy rivoyati.) Bu qanday insonki Allohning habibi uni "do’stim" deyapti! Bu qanday do’stlikki, sirlarga boy! Sirlarki, bu dunyoda ochilmas, lekin dilga yaqin! Shonli Islom tarixining aziz muhlisi! Mana butun olamlarga rahmat qilib yuborilgan Muhammad s.a.v.dan keyin
Ризқ ҳақида гапиришдан олдин мазкур сўз мазмун-моҳияти билан танишиб чиқсак, фойдадан холи
бўлмайди.
Арабча “ризқ” сўзи “эҳсон”, “туҳфа”, “неъмат” маъноларини англатади. “Мухторус сиҳоҳ” луғатида
“ризқ” лафзига “мавжудотлар фойдаланадиган нарса” деб изоҳ берилган.
Ризқ икки хил – зоҳирий, ботиний бўлади. Зоҳирий ризқ инсон бадани, соғлиғи, мол-мулкка, болачақага эга бўлиши ва шунга ўхшаш моддий нарсалар. Ботиний ризқ эса қалб, нафс, илм, маърифат
кабиларни ўз ичига олади. Демак, кўпчилик ўйлаганидек, ризқ фақат кўз билан кўрадиган, қўл билан
ушлайдиган нарсалардан иборат эмас, балки ақл-заковат, зеҳн, иқтидор, қобилият, илм ҳам Аллоҳ
тарафидан берилган ризқдир.
Қуръони каримнинг баъзи оятлар