Zahhok aytadilar:
«Alloh taolo bu ummatdan halol-harom qilingan, namoz kabi farz etilgan narsalarga va boshqa ahdlarga vafo qilishga ahd-paymon olgan.
Ahdlar ham xuddi shu kabi bo‘lib, Alloh farz qilgan muhkam narsalardandir. Biron bir holatda ham uni buzishga yo‘l yo‘q».
Muqotil ibn Hayyon aytadilar:
«Alloh Qur’onda buyurgan Uning O‘zigagina itoat etishingiz va qaytargan narsalardan qaytishingiz xususida sizlarning zimmangizga yuklagan ahdlarga, mushriklar bilan sizlarning orangizdagi ahdlar bitimlarga va insonlar o‘rtasidagi ahdu paymonlarga vafo qilinglar». Vallohu a’lam.
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar:
«Kimda to‘rt xislat bo‘lsa, haqiqiy munofiq bo‘ladi. Kimda ular
YETIM BOQQAN ODAMNING FAZILATI
Sahl ibn Sa’d rivoyat qiladilar:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Men va yetimning kafilini olgan odam ikkimiz jannatda yonma-yon yashaymiz», - deb ko’rsatkich va o’rta barmoqlarini juft qilib ko’rsatdilar