"Powerball" lotereyasining 1,3 milliard dollarga ko'tarilgan jekpot yutug'i Oregon shtatida saraton bilan kurashayotgan laoslik immigrant Chen "Charli" Sepxanga nasib etdi. U rafiqasi bilan yutuqning yarmini olishga, ikkinchi yarmini lotereya chiptalarini birga xarid qilgan do'stiga berishga qaror qilgan.
AQSh XAMASni sulh bo’yicha yangi taklifni qabul qilishga undayotgan bir paytda Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxu hukumatiga kirgan ultra millatchi siyosatchilar undan sulh rejasidan voz kechishni talab qilmoqda, Netanyaxu ularning talabiga quloq solmagan va Rafahga qo’shin kiritsh rejasidan qaytgan taqdirda koalitsion hukumatdan chiqishi haqida do’q-po’pisa qilishmoqda.
AQShda 2022-yil narkotik moddalar dozasini oshirib yuborish oqibatida vafot etganlar soni 100 mingdan oshgan. Bayden ma’muriyati bu epidemiyaning oldini olishga qaratilgan dasturni joriy qilgan.
AQSh Vakillar palatasida yaqinda taklif qilingan qonun loyihasi Xitoy hukumatiga nisbatan sanksiyalarni kengaytirishni ko'zlaydi. Maqsad - uyg'ur xalqini himoya qilish va buning uchun joriy etilgan choralarni kuchaytirish.
amerikaovoziuzbek

Amerika Ovozi

O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi ilk bor yoz faslida o'tishi kutilayotgan Parij Olimpiya o'yinlarida qatnashish huquqini kafolatladi.
👉 23 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasida Qatarda o'tayotgan Osiyo kubogi yarim finalida o'zbekistonlik futbolchilar 29-aprel kuni Indoneziya jamoasijni 2:0 hisobida mag'lub etib, final yo'llanmasini qo'lga kiritdi.
👉 Shu kuni Yaponiya ham Iroq terma jamoasidan 2:0 hisobida ustun keldi.
👉 O'zbekiston-Yaponiya finali 3-may kuniga belgilangan.
👉 O'zbekiston jamoasi Osiyo kubogining beshta o‘yinida jami 14 ta gol urib, o‘z darvozasini daxlsiz saqlab turibdi.
👉 Temur Kapadze shogirdlari Parijga yo‘llanmani kafolatlagan AQSh, Fransiya, Do
amerikaovoziuzbek

Amerika Ovozi

- Netanyaxu qanday yo’ldan boradi?
- Amerikalik talabalar namoyishlarini to’xtatmoqchi emas
- AQSh qo’shinlarini Nigerdan olib chiqish haqida muzokara olib bormoqda
- “Microsoft” Indoneziyaga $1,7 milliard sarmoya kiritmoqchi
amerikaovoziuzbek

Amerika Ovozi

AQShda amal qilib kelayotgan Lixi qonuniga ko'ra, Davlat departamenti va Mudofaa vazirligi inson huquqlarini buzgan, biroq bu huquqbuzarlik uchun jazo choralari ko'rilmagan xorijiy davlat qurolli kuchlariga harbiy yordam bermasligi shart.
29-aprel kuni Vashingtonda o'tgan matbuot anjumanida jurnalistlar AQSh Davlat departamenti so'zlovchisi Vedant Patelga Lixi qonunini eslatib, Isroil armiyasining ayrim bo'linmalari qotillik, qiynoq va jinsiy zo'ravonlik kabi jinoyatlarni amalga oshirganiga urg'u berdi. Shunday holatda AQSh Isroilga harbiy yordam uzatishga qanchalar haqli ekanini so'radi.
"Jarayonni puxta o'rganib chiqib, Isroilning beshta harbiy bo'linmalari inson huquqlarini qo'pol tar
amerikaovoziuzbek

Amerika Ovozi

Mart oyi oxirida Rossiya raketalari Ukrainadagi eng yirik GESga jiddiy zarar yetkazdi. Mahalliy aholi to’g’on buzilishidan xavotirda.
amerikaovoziuzbek

Amerika Ovozi

30-aprel tongida Nyu-Yorkda Isroilning G'azo sektorida olib borayotgan harbiy harakatlariga qarshi talabalar Kolumbiya universiteti binosini egallab oldi. Binoga kirish eshiklarini bloklab, derazalardan Falastin bayroqlarini chiqarib qo'ydi.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan videolarda talabalar binoga kirish yo'laklarini mebellar va temir panjaralar bilan to'sayotgani aks etgan. AQSh universitetlari bo'ylab Isroilga qarshi norozilik namoyishlari kuchayib borar ekan, hibsga olingan talabalar soni mingga yaqinlashmoqda.
Universitetlar rahbariyati ta'limni vaqtincha onlayn rejimga ko'chirishga majbur bo'lgan. Yahudiy talabalar universitet binosiga kelishga qo'rqayotganini bildirmoqda.
amerikaovoziuzbek

Amerika Ovozi

Bu dasturimizda:
- Oq uyga ko’ra, Iroq Yaqin Sharqdagi strategik hamkor
- Tramp prezidentlikka kelsa, Xitoy bizneslarini haydaydimi?
- AQShda qurilish sohasida ishchi yetishmaydi
- Prezidentlikka nomzodlar iqtisodda nimani va’da qilmoqda?
- Tez yordam ko’rsatayotgan dronlar
- Halol restoranlar manbai
- Florida atrofidagi marjon qoyalari
Показать ещё