Yor-yorlarni yomon
ko`raman.
Mayli mening fikrim noto'g'ri,
Mayli ayting yomon bolaman.
Kimga baxt-u, kimga baxt o'g'ri.
Yor-yorlarni yomon ko'raman.
Dilni tig'day nimtalab chertgan.
Dardli kuyi samoga yetgan.
Oshiqlarni ajratib ketgan.
Yor-yorlarni yomon ko'raman.
Kimlar o'ynar, kimga bu azob.
Kimdur quvnoq, kim xasta, xarob.
Chin sevgiga abadiy sarob.
Yor-yorlarni yomon ko'raman.
Kuymas, ishqning so'nggi savoli.
Oshiq qalblar zulmi, uvoli.
Muhabbatning qabri, zavoli.
Yor-yorlarni yomon ko'raman.
Yor deb, yorni yig'latib ketar.
Yor deb, bag'rim tig'latib ketar.
Yor deb, o'zga visolga yetar.
Yor-yorlarni yomon ko'raman.
Cheksiz azob taqdirning zarbi.
Dilda ishqning alamli gardi.
Bugun sezdim
Menga nasib etmagan sevgim, Hamon borsiz xayollarimda. Xotiralar – sodiq yo‘ldoshim, Asrayapman yuraklarimda. Yashayapsiz xayolim bo‘lib, Mening har bir nigohlarimda. Goho isyon, goh tug‘yon bo‘lib, Borsiz hatto gunohlarimda. Ba'zan sog‘inch, ba'zan hijronsiz, Тugatguvchi adolarimda, Ba'zan alam, ba'zan armonsiz, Тopmaganim xatolarimda. Oh, ba'zida muhabbat bo‘lib, Shirin otash titroqlarimda, Ba'zan esa nafratim bo‘lib, Yashayapsiz qiynoqlarimda. Menga nasib etmagan sevgim, Hamon borsiz firoqlarimda. «Baxtmidi yo baxtsizlik?» deya So‘ralguvchi so‘roqlarimda...