Har eslasam, bir sog'inaman, Har sog'insam bir og'rinaman. Suratingga men ovunaman, Yoki menga qasding bormi ayt, Ey yolg'onchim rosting bormi ayt?
Faqat senga ishongan edim, Baxtim özing peshonam dedim, Qöllaringga jonimni berdim, Mendan boshqa dösting bormi ayt, Ey yolg'onchim rosting bormi ayt?
Meni aldab nimalar topding, Shamollarni ortidan chopding, Öz baxtingni eshigin yopding, Yoki ikki yuzing bormi ayt, Ey yolg'onchim, rosting bormi, ayt?