Qadimda bir podshoh o‘tgan ekan. Kunlardan bir kuni u tush ko‘ribdi. Uyg‘ongach, ancha muddat o‘ylanib qolibdi. So‘ngra vazirini chaqirib: “Tayyorlan, saroydan tashqariga chiqamiz”, deb amr qilibdi. Bir ozdan so‘ng ikkovlon imomlar kiyimini kiyib, yo‘lda ketib borardilar. Bir qishloqqa yetgach, podshoh tushida ko‘rgan joyni tanib: “Keldik”, dedi. Odam ko‘p, hamma o‘z ishi bilan band. Lekin hech kim yerda yotgan jasadga e’tibor ham qilmas edi. Shunda podshoh odamlardan so‘radi:
– Bu kimning jasadi?
– E so‘ramang, uyatsiz aroqxo‘rniki, – javob berdi bir kishi. – Qirq yillik qo‘shnim edi u. Tan olish kerak, juda mohir taqachi edi, ertadan qora kechgacha ishlar, biroq ichkilikni ko‘rdi degunch