Ko'zlarim ko'r bo'lsa ko'rmasdim Seni gulim, Yuragim tosh bo'lsa Sevmasdim Seni gulim. Mayli xijron-azabi qiynasin Meni gulim, O'lsam,ham bari-bir Sevaman Seni gulim.
Izlama
Qidirma yorim gar ketar bo'lsam
Yo'llarga, oylarga meni so'zlama,
Sog'inib Kechalar meni sog'inib
Nigorim ortimdan meni izlama gulim.
Garchi qanoti yo'q qush bo'lar bo'lsam
Tolib tolib barcha yerlarga qo'nsam,
Seni unutolmay kelolmay yursam
Sog'inib sog'inib meni izlama gulim.
Baht tomon boray deb hokisor bo'ldim
Suhbatimni kechalar yulduzla qurdim,
Endi men sendan yor ketar bo'ldim
Nigorim ortimdan meni izlama gulim.
Eslarsan meni, ko'zlaringda yosh
Suratimga boqib menga so'zlama,
Men ketdim vafoli insonlar tomon
Sog'inib sog'inib meni izlama gulim.