JANNAT BAYONI
Alloh taolo aytadi: «Parvardigorlaridan qo‘rqqan zotlar esa to‘p-to‘p holda jannatga «haydaladilar». Qachon ular darvozalari ochilgan holdagi (jannatga) kelib yetganlarida va uning qo‘riqchilari: «Sizlarga tinchlik-omonlik bo‘lsin! Xush keldingiz! Bas, mangu qolguvchi bo‘lgan hollaringizda kiringiz», deganlarida (ular behad shodlanurlar) va: «Bizlarga va’dasini rost qilgan va bizlarni bu (jannat) yeriga voris qilgan hamda jannatdan o‘zimiz xohlagan tarafda joy-o‘rin olishimizga (muvaffaq qilgan) Allohga hamdu sano bo‘lsin», derlar. Bas, (chiroyli) amal qilguvchi zotlarning ajri naqadar yaxshidir!» (Zumar surasi, 73–74-oyatlar). Abu Hurayradan raziyallohu anhu rivoyat qilinadi