Bilmasdan kelibmiz biz ham dunyoga
Aldanib yuribmiz yolg'on ro'yoga
Yaralgandir dunyo yolg'on-u rostdan,
Shayton vasvas solur odamga qasddan
Adolat va razolat yurarmish birga
Javob topolmaymiz biroq bu sirga
Dunyo kimga baxtdir kimlar u-n g'am
Shu insonni baxtdan ayirma egam.
Hayot tashvishlari tushsa ham boshga,
Kirsak ham 90 ga balki 100 yoshga.
Aylanmay qalbimiz muzlagan toshga,
Qizg'onmaylik aslo dil so'zimizni,
Eslashib turaylik bir-birimizni!
Tutmasin hech kimni hijron-u armon,
Qolmasin qalblarda so'nggi pushaymon.
Diydor shirin, axir diydor har zamon,
Unutmasdan bir on o'zligimizni
Eslashib turaylik bir-birimizni.
Hayot tashvishlari tushsa ham boshga,
Kirsak ham 90 ga balki 100 yoshga.
Aylanmay qalbimiz muzlagan toshga,
Qizg'onmaylik aslo dil so'zimizni,
Eslashib turaylik bir-birimizni!
Tutmasin hech kimni hijron-u armon,
Qolmasin qalblarda so'nggi pushaymon.
Diydor shirin, axir diydor har zamon,
Unutmasdan bir on o'zligimizni
Eslashib turaylik bir-birimizni.