Ey do'stim davlating imkoning bo'lsa Tulporing choparga maydoning bo'lsa,
Manziling ko'zlagan karvoning bo'lsa,
Eng avvalo OTANGNI qadrini bilgin
Eng avvalo ONANGA yaxshilik qilg'il
Bugun qadah tutib turgan dilbarlar
Yiqilsang bir kunda tashlab ketarlar,
Odam bo'lib ortga solgin bir nazar,
Eng avvalo OTANGNI qadrini bilgin
Eng avvalo ONANGA yaxshilik qilg'il
Oppoq sochlarida sabr beshigin,
Ajinlar qatori jabr beshigin
Biz ochib kirmasak mehr eshigin
Qarsillatib yopsak qadr eshigin
Ulgur ochilmasdan qabr eshigin,
Eng avvalo OTANGNI qadrini bilgin
Eng avvalo ONANGA yaxshilik qilg'il.
Seni shunday sevib tursa,
Bir ko'rishni tilab tursa,
Topib ber deb yig'lab tursa,
Yuragimga nima deyman?
Ko'ksimni u tilb tursa,
Olov bo'lib yonib tursa,
Faqat seni so'rab tursa,
Yuragimga nima deyman