Bandasidan bo'lma umidvor,
Umid qilgin yolg'iz OLLOHdan.
Hamisha, har joyda, dindoshim,
Asrab qol o'zingni gunohdan.
Aslo og'ritmagin biror bir qalbni,
Seni deb to'kilmasin ko'zida yoshi.
Ko'ngilni musaffo osmondek sof
tut, Hech qachon botmasin qalbing
quyoshi.
Eng muhimi bilgin dunyoda,
Butun bo'lsin dilda iymoning.
Suysang, suygin OLLOH yo'lida,
Istaging pok bo'lsin, bo'lmay
gumoning.
Hammamiz ham gunohkor banda,
Bazida noliymiz, ba'zan noshukur,
Boshingga ne qismat tushsa hamki
sen, OLLOHga shukur qil, OLLOHga shukur.
Puling bo’lsa
yaxshi derlar,
Maqtab-maqtab oshing yerlar.
Pulsiz bo’lsang sendan tonib,
Tanimayman seni derlar. Chin
do’stlaring tashlab ketmas, Ko’zlaringni yoshlab
ketmas. Boshingga ish tushgan
chog’da, Qo’llarini siltab
ketmas. Nafs balosi yomon
illat,
Nafsdan saqlan deydi elat. Nafs ko’yiga kirganlarni, Duo
qilmay o’tar millat. Senga
sinov berar Olloh,
Yomonlardan qilar panoh.
Boshingga ish tushgan
chog’da, Yomon do’stdan qilar ogoh. Do’st tanlashda
adashmagin,
Omon bilan tanishmagin,
Do’stman senga deb tursa
ham, Sinamasdan do’st
tutmagin.