Tasavvur qiling: U ketdi... U endi sizniki emas. Ertalab uyg'otmaydi. Qayerdaligingiz,kim bilan yurganingiz bilan qiziqmaydi. Uyalib "sog'indim" deb aytmaydi. Uning dastidan kun bo'yi tinmay jiringlaydigan telefon jim-jit... U endi yo'q. Hayolingizda bor,hayotingizda yo'q! Shirin xotiralar, sog'inch qiynaydi. Lekin endi u yo'q! Shunday bo'lishini xohlamasangi uning qadriga yeting. Uni asrang. Mehringizni ayamang. Hozir sizning hamma qiliqlaringizga chidayapti. Ammo esingizda bo'lsin, hamma narsaning ham chegarasi bor! U yoningizdami, uni asrang!
Sog'inch!!!Bu tuyg'uni inson zoti borki umrida bir marta bo'lsa ham his qiladi. Sog'inch azobini tuymagan inson bu yorug' olamda bo'lmasa kerak. Ha men ham seni bugun juda sog'indim. Aslida har kuni sog'inaman, lekin bugun sog'inchlarim chegaradan chiqib ketdi •••