Ammo men köp eslayman
Unutaman deymanu
Lekin unutolmayman
Qanday unutaman ayt
Köz oldimdan ketmasang
Qanday eslamaslik mumkin
Hayolni tark etmasang
Aytib ber hayotingni
Mensiz qanday ötmoqda
Kimlar bilansan endi
Kimlar baxtli etmoqda
Ösha nozik qöllaring
Endi kimlar tutmoqda
Barin bilsa ham yurak
Hamon seni kutmoqda
Yana hayollarimdasan
Yana öylarimdasan
Unutganing bilsam ham
Nega sevaveraman
Seni unutolmadim
Bunga kuchim yetmadi
Sen qoldirgan azoblar
Yuragimdan ketmadi
Jonga tegdi hamma narsa
Eslataveradi seni
Huddi kuzgi xazondek
Tökib tashlamoqda meni
Faqat og'riqlarmi ayt
Sevgimizdan qolgani
Qani ösha tuyg'ular
Bizni orzular qani
Unutgansan bilaman
Unutmadim men nega
Sen sindirgan yurakni
Berolmadim hech kimga
Naxot sevgi shu bölsa
Baxt emas azob bersa
Yuragingga joylashsayu
Bir umrga ketmasa
Söz dema jim bir pas
Yana yolg'on kerakmas
Charchadim shundog'am
Shuncha azob yetar bas
Haqiqat azoblamoqda
Meni yolg'onlar emas
Chunki shu haqiqatda
Sen endi menikimas
Tög'ri men öshaman
Seni sevib adashgan
Közlarimga tik boqib
Sevaman deb aldashgan
Seni yolg'on sevging deb
Tirik murda bölganman
Sevgini öldirgan kuning
Men ham shu kun ölganman
Sensiz endi tört devor
Yurak aytar umid bor
Tushlarimda tinch qöygin
Iltimos qöyib yubor
Özing kettingku axir
Sevgingniyam olib ket
Mayli qaytma xech qachon
Ötmishimda qolib ket
Yana tun chökkanida
Eslayveraman nega
Hamma quvonch sengayu
Barcha azob menga
Sog'inaversa yurak
Uni qanday ovutay
Ayt yana bitta savol
Kutaymi yo unutay
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы посмотреть больше фото, видео и найти новых друзей.
Нет комментариев