Bulut to'kar ko'zyoshin yig'lab,Termulaman uzoqlarga jim,Hayol ichra deyman shivirlab,SIZNI MENDEK SEVOLMAS HECH KIM!Siz men uchun eng go'zal hayot,O'zingizsiz qalbdagi sirim,Yuragimdan otilar faryod,SIZNI MENDEK SEVOLMAS HECH KIM!O'chog'iga ishqdan o't qalab,O'rtanadi bu g'amgin dilim,O’z-o’ziga deydi shivirlab,SIZNI MENDEK SEVOLMAS HECH KIM!Yuragimning har urishida,Takrorlanar qadrdon ism,Yig'lab deyman hatto tushimda,SIZNI MENDEK SEVOLMAS HECH KIM!Aytolmasman kelsak yuzma yuz,Balki ko'nglimdagi dardlarim,Ko'zlarimda namoyon shu so'z,SIZNI MENDEK SEVOLMAS HECH KIM!Mayli taqdir ko'rmasin ravo,Siz bilan yashaydi sevgim,Yoqtirsinlar yonsinlar ammo,SEVOLMASIN MENINGDEK HECH KIM!