Предыдущая публикация
 __Nomardu nokasga ishing tushmasin.
__G'animlar oldida qolganingda ham.
__Ko'zingdan bir tomchi yoshing tushmasin.
__Boshingni egmasin alam,tashvish,g'am,
__Pok qalbing ko'rmasin zarracha sitam,
__Har qanday holatda qo'llasin Egam,
__Yozing kelmay turib qishing tushmasin.
__Yashamoq baxtiga bo'ldik muyassar,
__Gohida yo'qotdik,goho tutdik zar,
__Ajal qachon kelar bizlar behabar,
__Yuzga kir yuzda ham tishing tushmasin,
__Mol davlat o'tkinchi kelib ketadi,
__Omading kelsa do'st to'lib ketadi,
__Qoqilsang ustingdan kulib ketadi,
__Yashashga nisbatan shashting tushmasin...


Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы посмотреть больше фото, видео и найти новых друзей.
Нет комментариев