So'zlarim chin,yolg'on deb bilma, Ozor berma,yuragim tilma. ''Aka sizga hech kimman''-dema, Tanamdagi issiq haroratimsan. Qo'l yetmagan osmonim bo'lma, Ushalmagan armonim bo'lma. ''Aka sizga hech kimman''-dema, Seni tushda ko'rgan halovatimsan. 151
Darslarga besabab kelmay qolganda, ''O'qi, odam bo'l''- deb tanbehlar bergan, Domlamiz, prorektor hatto dekan ham, Bir vaqtlari bizlar kabi talaba bo'lgan. 151
Erta tongdan turish yoqmayin, Shaharni sog'inar kun o'tgan sayin. Qorayib ketgandir ro'mol taqmayin, Paxta terib yurgan talaba qizlar. Qo'llari qirilgan azob chekar oh, Talaba qizlarda ayting ne gunoh. Yeyishar kun bo'yi makaron,garoh, Paxta terib yurgan talaba qizlar. Lablar ham yorilgan bazorg'a kular, Charchog'i yurishidan aniq bilinar. Tushlikda fartukdan dasturxon qilar, Paxta terib yurgan talaba qizlar. 151
Uydagilar dilimga qo'l solib ko'rar, Patir,shirinlikdan dasturxon qilar. Onam bilan xolam uyingga borar, Baxt uyida bittadan imzo qo'yamiz, Keyin ikkalamiz bir oila bo'lamiz. Gulbozordan katta buket olaman, Onang surishtirsin yaxshi bolaman. Sensiz yasholmasam nima qilay? man ''Nahor osh''ga katta qo'chqor so'yamiz, Keyin ikkalamiz bir oila bo'lamiz.151