Mehmon bo'ldi tushimda onam Ko'zlarida tashvish, istirib, Hayolida ming bir savollar, Yuzlarida ming bitta azob. Boshim uzra bo'lib ovvora Ming dard bilan bo'lib faromush, Atrofimda bo'lib parvona Savol bilan boqadi homush. Oq sochlari hiyol to'zg'igan, Qadoq qo'llar boshim silaydi, Ko'zlarimga tik boqib zimdan Savoliga javob so'raydi. Eshitilar yurak urishi, So'zlarida mungli hayajon: O'g'lim gapir bu qandoq holat, Nima bo'ldi senga bolajon. Aytgin bolam gunohing nima? To'rt devorga mahkumsan nechun, Bu qandayin temir panjara Temir eshik nahot sen uchun. Aytgin o'g'lim, yashirma mendan Nahot qo'ling qonga botgandur. Kutmagandim yomonlik sendan O'g'rilikka ko'ngling yotgandir. Yo kimningdir