Eh qizlar, o’ylaysiz yigit yig’lamas,Asli yigit dardin ichida saqlar.Yigit qalbi yig’lar, ko’zlari emas.Yigit dardin faqat tortganlar farqlar.Yigitning ko’z yoshi ko’rinmas aslo,Chunki ko’z yoshlarin u qalbiga to’kar,Boshiga yog’ilsa, qancha dard balo,U o’zni yo’qotmas, o’zini tutar.U yig’lar har xil kun, har xil holatda,Ayriliq, yo afsus, yo nadomatda.Sevgisi armonga aylangan chog’da,Yigitni ko’rmaysiz, hech halovatda.Eh sizlar so’ramang yigitning dardin,U dardin yoysa, gar yig’laydi osmon.Ko’z yoshga qarab, siz ajratmang mardin,Har yigit ko’ksida bo’lar bir armon .