Dovrug'ing dunyoga ketgan bo'lsa ham,
Bo'ying osmonlarga yetgan bo'lsa ham,
Millionlar yo'lingni kutgan bo'lsa ham,
Manmanlik kibrdan, kamtar olam bo'l.
Avvalo INSON BO'L, avval ODAM BO'L!
Omad ostonangda turganda gullab,
Lazzatning tamidan xidlagin o'ylab,
O'zingdan pastlarni atayin qiynab,
Jonini og'ritma darmon, malham bo'l,
Avvalo INSON BO'L, avval ODAM BOL