S o'zlasam har onda so'zimdan
O rzular aldagan ko'zimdan
G' amlarim ortimda qoldirgan
I zimdan juda ham qo'rgaman
N ima dey indamas qalbimga
D o'st bilmas yuzimdan qo'rqaman
I zlamang bu so'zdan ma'nolar
M en asli o'zimdan qo'rqaman...
Qanaqasan ey hayot
Toblaysanmi bizlarni
O'tmish uzra xech o'chmas
Qoldirarsan izlarni...
Zir titratib qalblarimiz
Nega takror o'yasan
Yana o'zing vaqtlar ila
Qalbga malham qo'yasan...
Ko'ngil uzra yana o'zga
Hislar tug'yon uradi
Nega taqdir yo'ling aro
Turfa to'siq turadi...
Ikki aro yo'lda qolib
Ojiz qalblar yonarkan
Dillar yaro bo'lib unsiz
O'zligidan tonarkan...
Kutmoqdaman malhamingni
Azobdan kuydim yomon
Qara o'wa yomon xolim
O'nglolmayapman hamon...
O'zing bizga baxt berasan
So'ng azoblap to'ymaysan
Yana keyin yaxshilikla
So'z aytgani qo'ymaysan...
Sog'inch saxrosidan olib
G'arq qilasan xijronlarga
Qani ko'rsat mehr solib
Dardimga darmonlarga...
Mayli bizni ne kutadi
Robbim o'zi