KIMIM BOR ONA
Gʻurbat toʻla kunim bor ona,
Dardlashgani tunim bor ona,
Mehribonim, bu dunyolarda,
Sizdan ulugʻ kimim bor ona.
Sabarimni koʻp sinaydi kimlar,
Oqibatni bilmaydi kimlar,
Doʻstingman deb tunaydi kimlar,
Sizdan ulugʻ kimim bor ona.
Gʻam, gʻussalar ekganda boshim,
Toʻlib ketsa dilda bardoshim,
Sirdoshim siz, yolgʻiz sirdoshim,
Sizdan ulugʻ kimim bor ona.
Gʻurbatlari jonimga tashna,
Hasratlari qonimga tashna,
Bir siz ahir dardimga oshna,
Sizdan ulugʻ kimim bor ona.
Jannatimsiz,toʻrt tomonim siz,
Soniyam siz,lahza onim siz,
Jonim ichra tanho jonim siz,
Sizdan ulugʻ kimim bor ona.
Toki men ham sizni deb yashay,
Diydoringiz koʻrmoqqa shoshay,
Poyingizga jonimni toʻshay,
Sizdan ul