Taqdirni o'yinin kim bilipti kim,
Qarshimda turibsan boshing egib jim.
Endi biz begona, begonalardek,
Sen meni armonim birinchi sevgim.
Poyingga jonimni fidolar qildim,
Yolvorib xudoga nidolar qildim.
Mayliga baxtli bul duolar qildim.
Sen meni armonim birinchi sevgim.
Yulduzsan sirlaring yecha olmadim,
Armonsan bir to'yib qucha olmadim.
Ketdim deb,kechdim deb kecha olmadim
Sen meni armonim birinchi sevgim.
Egildim to'kildim qiynoqlaringdan,
Shoirlar o'ldimi firoqlaringdan.
Endi ne foyda bor titroqlaringdan,
Sen meni armonim birinchi sevgim.