Men o'lsam...
Zulmatga ketadi ruhim.
Gunoh zanjirlari tortadi chohga.
Qo'rqaman shu qadar unutilishdan,
Yolvorsam ovozim eshitmas hech kim.
Men o'lsam...
Qirlarda lola ochilib,
Bahor yuraklarni ishqqa ko'madi.
Kuz ham ma'yus emas, keladi kulib
Hazonlar raqsiga nurlar inadi.
Men o'lsam...
Ovloqda yig'larmi kimdir?
Aza tutadimi muhabbatiga?
Meni sog'inarmi, kuyadimi xun,
Kipriklari botib bolishlariga.
Men o'lsam...
Yuragim uyg'oq bo'ladi....
Ruhim samolardan mo'ralar ma'sum.
Meni sog'inganni sog'inar mungli,
Meni unutganni unutadi jim...
Men o'lsamu jonsiz tanamni,
Bosib tursa nam qora tuproq.
Tark etibon ruhim tanamni,
Jannat sari ketsa beqanot. Sen
kelibon qabrim boshiga, O'ksib
desang..SENI SEVARDIM.. Ishon
yetmay jannat bog'iga, Men
oldinga qaytib kelardim..