Nega eslayapman. kechgan bo`lsam ham? Nega kelaverding, chaqirmadimku. Nega tark etmaysan hayollarimni, Qaytarib ber menga singan qalbimni? Chiqib ket yurakdan, nega ketmaysan? Yo urgan xanjaring sug`rolmadingmi? Kerak emas ekan nega olganding? Qaytarib ber menga xasta qalbimni? Men ham hamma kabi oddiy yashayin, Yetar, bas qil endi a'zoblaringni! Tunlar seni eslab aqldan ozdim, Qaytarib ber menga uyqularimni! Ko`zlarim-ku mayli,qoldi xiralab, Seni oxirgi bor qachonko`rgandim? Ketding-ku yuragim tilib,yaralab, Qaytarib ber menga bemor qalbimni!
Yolg'izlik kuyini chaling men yig'lay. Yuragim ezilib ketdi sog'inchdan. Eslamay diymanu qanday unutay. Dutorim uzilib ketdi sog'inchdan. Yolg'izlik kuyini chaling men yig'lay. Hayot olib qo'ydi mendan baxtimni. Qalbimni tushunar hech kimsa yo'qday. Do'stlarim aytay kimga dardimni. Yolg'izlik kuyini chaling men yig'lay. Qiynalib, qiynalib, qiynalib ketdim. Ayriliq o'limku men qanday chiday. O'ylasam ezilib ketar ich etim. Yolg'izlik kuyini chaling men yig'lay. Meni tashlab ketdi bevafoginam. Savollar jonimga botadi tig'day. Qonimga tashnadir firoq degan g'am. Yolg'izlik kuyini chaling men yig'lay. Mehr berib mehr ko'rmagan jonman. Umrim azoblardan tuzilgan yo'lman. Yomonlar jabridan kuygan i