Bahor go’zaldir yomg’iri bilan
Farhod ham buyukdir Shirini bilan
Majnun Laylisiz yashay olganmas
Inson ham insondur o’z jufti bilan!
Oqni qorasiz anglash mumkinmas,
Yaxshini yomonsiz ajratib bo’lmas
Hijronsiz yoqarmu sevgining yo’li?
Doim-o juft bo’lar insonning yo’li!
Har narsa go’zaldir, o’z jufti bilan
Odamzod yaralgan o’z baxti bilan