Men o'zimni sevaman, menga o'zim yoqadi.endi menga ba'ribir, kim qanaqa boqadi. Nuqsonlimi qorami, yuzim meni yuzimdur, dunyoda eng chiroyli, bitta odam o'zimdur. Qo'lim liqqa va lekin, yo'qtan ko'ra shukur bor, bu dunyoda hech odam, emas mendek baxtiyor. Gap eshitsam jilmayib, kaltak yesam kulaman, chap yuzimga urishsa, o'ngin tutib turaman. Yurak degan qabirga, armonimni ko'mganman, va ustidan bolamga, o'yin tushib berganman. Har tong qarab oynaga, deyman mening g'amim yo'q, men sog'lomman men zo'rman, tashvishim yo'q kamim yo'q. Noxushliklar bor lekin, men ulardan qars emas, hech qayissi jonimni, tikishimga arzimas. Xomush bo'lar ba'zilar, sochim oqin sanashib, menga esa turipti, ajinlar