Yigit va qiz sevisharkan bir kuni yigit armiyaga ketayotgan kuni qizga meni kut debdi. Men senga 100 ta atirgul yuboraman agar gullar 100 tadan kam bo'lsa turmushga chiq deb ketibdi. Qizni uyiga sovchilar kela boshlabdi. Qiz sovchilarga rad javobini beribdi. Oradan 1 oy o'tgach qizga sevgan yoridan gul va xat kelibdi. Qiz gullarni sanasa 99 ta ekan. Keyin qiz kelgan sovchilardan biriga rozilik beribdi. Qiz turmush chiqibdi. Yigit armiyadan kelgach qizni yoniga borib meni bir yil ham kutolmadingmi desa, qiz yuborgan gullaringiz 99ta edi desa, yigit xatni ochib o'qidingmi desa yo'q debdi. Qiz xatni ochib o'qisa 100 chi gulim sensan deb yozilgan ekan.