Предыдущая публикация
 Vatanidan yiroq yurganlar
Ayrilqdan jafo chekkanlar
Onangizni sog'inmadizmi
Tirikchilik toshdan qattiqmi
Topganingiz baraka qutmi
Uyingizda xalovat yo'qmi
Bolangizni sog'inmadizmi
Ro'zg'or deya tinim bilmaysiz
O'zga yurtda ishlab tinmaysiz
Bir ketganda oylab kelmaysiz
Uyingizni sog'inmadizmi
Sizga taqdir kulmadi uyda
Xar kuningiz o'zga makonda
Yurt sog'inchi juda yomonda
Yurtingizni sog'inmadizmi
Duo qilar sizni xar laxza
Yegan oshi sizsiz be maza
Dilda Iymon niyati toza
Otangizni sog'inmadizmi
Yo'lingizni intizor kutgan
Xijronlarni zaxrini yutgan
Sizni juda sog'inib ketgan
Yoringizni sog'inmadizmi


Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы посмотреть больше фото, видео и найти новых друзей.
Комментарии 34