Kunlar oylar o'tib o'tganda yillar. Bir birin unutsa yuraklar dillar. Erta ko'milsa biz yurgan yo'llar. O'shanda sen meni eslarmikansan. Suyganim qayda deb izlarmikansan.
Osmondan uchsa gar bir yorug' yulduz. Yuraging g'ash tortsa kechayu kunduz. Kimsasiz tor uyda qolganda yolg'iz. O'shanda sen meni eslarmikansan. Suyganim qayda deb izlarmikansan.
Bolangga ertaklar so'ylayotganda. Baxtiyor chog'laring o'ylayotganda. Qalbingni nimadir qiynayotganda. O'shanda sen meni eslarmikansan. Suyganim qayda den izlarmikansan.
Kimdir kelib senga tasalli bersa. Oxir paymonasi to'libdi desa. Eshitdingmi sevganing o'libdi desa. O'shanda sen meni eslarmikansan. Suyganim qayda deb izlarmikansan.
S