Yig'lamayman yig'layin nechun
Alam qoldi dilimda faqat
Aza tutdim bugun sen uchun
Kechirmayman seni muhabbat
Qilt etmading qimirladi jon
Sahovating edimi hijron
Unutmagin meni hech qachon
Kechirmayman seni muhabbat
Qaytiwimni mayli ming yil kut
Men qaytmayman mayli aza tut
Unut meni ismimni unut
Kechirmayman seni muhabbat
Mayli jonim mayli zor bo'lsang
Mayli mensiz baxtiyor bo'lsang
Bu dunyoda agar bor bo'lsang
Kechirmayman seni muhabbat
Ketaver ortingdan bormayman zinhor
Seni sevgan yuragimga ko'p berding ozo
Faqat ortga boqma yetmas bardowim
Asta tomchilaydi ko'zimdan yowim
Mensiz baxtli bo'lsang mayli ketaqol
Sensiz yawamoqni o'rganaman jim
Lekin so'nggi so'zim jonim quloq sol
O'rnimni bosolmas bir umr hech kim.
Vadalarni sevgi deb bildim
Bir nigohda quvondim kuldim
Ayting sizga men nima qildim
Yuragimni bering qaytarib
Mendan go'zal bir qizni toping
Ketasizmi mayliga keting
So'zlarimga bir quloq tuting
Yuragimni bering qaytarib
Bu hislarim sizga o'yinchoq
Ko'zlarimda yowlarim munchoq
Axir emasmanku sizga qo'g'irchoq
Yuragimni bering qaytarib
Men baxtimga hali yetaman
Sevgiga zor bo'lib netaman
Qaytib kelmas bo'lib ketaman
Yuragimni bering qaytarib
Davom eting endi bowqa endi yo'limiz
Kerak emas o'zgalarni tutgan qo'lingiz
Qani endi yumwab ko'nglingiz
Yuragimni bering qaytarib
Mening qalbim qayg'uda sizchi kulasiz
Jonim yuragimni nechun tilasiz
Ikkita yurakni ne ham qilasiz
Xiyonatning uzun yo'llari
Tikon ekan bergan gullari
O'ylamayman endi tunlari
Ketavering ketsangiz nima
Yer yorilmas sevmasangiz ham
Menga hech ham kuymasangiz ham
Mayli qaytib kelmasangiz ham
Ketavering ketsangiz nima
Ketmaysimi samoga uchib
Yuring mayli o'zgani quchib
Men qo'yganman baridan kechib
Ketavering ketsangiz nima
Bu jon-tanim hijronga emas
Bevafoni ko'nglim hech suymas
Aldangan bir mengina emas
Ketavering ketsangiz nima.