Akam kelar deb kutgan,
Qo’limga suvlar quygan.
Toza sochiqni tutgan,
Baxtli bo’lgin xon singlim.
Mehribonim deb aytgan,
Mening ko’nglimni olgan.
Mening g’amxo’rim
singlim,
Omon bo’lgin jon singlim.
Akam bor deb kerilgan,
Tog’im bor deb kerilgan.
Mehribon aziz singlim,
Taxtli bo’lgin xon
singlim.
Yuzingda ko’rmay hech
g’am,
Bo’lmagin hech kimdan
kam.
Ochilib yurgin doim!
Jigarbandim gul singlim...