K. Tile. * * * Sevgi — bu yashamoqlik istagidir M. Gorkiy. * * * Sevgi barcha tuyg'ular ichidagi eng qudratlisidir, shuning uchun ham u aqlu xayolni, qalb va vujudni egallab oladi. F. Volter. Propertsiy. * * * Sevgi odamlarni kuch-qudrat tuyg'usi bilan boyitishi kerak va boyitadi ham. A. S. Makarenko. * * * Sevgi manman yuraklarni ham bo'ysuntiradi, dimog'dorlarni shavqatga o'rgatadi, Ammo uning asosiy xususiyati — nimaiki bor, barini nafosatga o'rab, yuksaklarga ko'taradi. Mayn Rid. * * * Chinakam sevish — o'zi haqida o'ylashni unutishdir. J. J. Russo. * * * Muhabbat odamni tanimaydigan darajada o'zgartirib yuborishi mumkin. Terentsiy. * * * Eng aqlli erkak sevgan paytida ahmoqqa aylanadi; eng yengiltak qiz esa sevsa oqila bo'lib qoladi. M. Safir. * * * Hech nima erkak qalbini sevilganlik tuyg'usidek kuchli rom etib, yumshatolmaydi. G. Senkevich. * * * Faqat sevgan kishigina inson degan nomga munosibdir. A. A. Blok. * * * Sevgi har qanday qismatga ham zarba beradi. M. Servantes. * * * Sevgi tuyg'ularimizning eng musaffosidir. B. Fontenel. * * * Hurmatning chegarasi bor, sevgi esa chegarasiz. M. Y. Lermontov. * * * Sevgi qizamiqqa o'xshaydi: qancha kech qo'zisa, shuncha xavfli. D. Jerrold. * * * Sevgisiz odam — odam emas. Qobus. * * * Sevgisi yo'q odamlar —buzilgan odamlardir. B. Shou. * * * Qo'rqoq sevgi izhor qilolmaydi, bu mard kishining ishi. M. Gandi. * * * Sevgi oldida o'lim dahshati va zulmati hechdir. G. Ibsen. * * * Yolg'iz odam faqat soyadan iboratdir, kimniki hech kim sevmasa, u hamma joyda va hamma davrada yakka-yolg'izdir. J. Sand. * * * Sevgi o'limni yo'q qiladi va uni quruq sharpaga aylantiradi, U ma'nosiz hayotga ma'no bag'ishlaydi, baxtsizlikni baxtga aylantiradi. L. N. Tolstoy. * * * Sevgi nimaligini bilmaydigan gumrohga faqat achinish kerak. R. Berns.

Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы посмотреть больше фото, видео и найти новых друзей.
Комментарии 1