Sen bilan shod o'tar har onim,Seni jondan ortiq ko'raman.Mayli jonim so'ra lek jonim,Login-parolimni so'rama.Ko'zlaringni qilma menga lo'q,Jonim menga bunday qarama.Lichkada qiz o'raganim yo'q,Login-parolimni so'rama.Qiyosing yo'q hattoki oyda,Sen qayda-yu,internet qayda?Bilganinda senga ne foyda?Login-parolimni so'rama.Olar bo'lsam agar shuni tan,Yolg'iz sirim sening o'zingsan.Ko'zlaringni suzib deya"JOOON",Login-parolimni so'rama.Yuragingni bosmasin hech g'am,Ko'zlaringa kelmasin hech nam,Ishonsang ham,ishonmasang ham,Login -parolimni so'rama.