Siz ishonmang ko'zlarimning kulganiga,
Mana kulib yuribdi deb o'ylaysizda.
Sog'inmaydi, dard chekmaydi deysizda siz,
Men haqimda faqat xato o'ylaysizda...
Soxta kulgu yarashib ham qoldi labga,
G'urur bilan jim ko'namiz og'ir gapga .
Vaqt davo deb ko'namizda hamma dardga,
Yig'layotgan dilni ko'zga ilmaysizda...
Mayli soxta bo'lsa hamki o'sha kulgu .
Mening uchun qanday zarur bilmaysizda.
Xotirada qolsin deyman o'sha kulgu.
Bir kun mensiz qolishingiz bilmaysizda...